Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan


TOMDIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI VA HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN HUQUQIY MULOQOT

Tomdi tumani adliya bo‘limi tomonidan hududdagi “Sharq”ovul fuqarolar yig‘inida “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostida huquqiy muloqot tashkil etildi.
Aytib o‘tish kerak, Tomdi tumani viloyatning eng chekka hududlaridan biri.Shahar markazidan qariyib 400 kilometr uzoqlikda joylashgan hudud aholisi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Bu yerda xonadonlar joylashuvi jihatdan tarqoq.Tomdiliklarning asosiy murojaati yo‘l ta’miri, oliy ta’limga kirish,bandlik, issiqlik ta’minoti, salomatlikni tiklash bilan bog‘liq.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida ham ana shu murojaatlar atroflicha tahlil etildi.Shundan so‘ng, soha vakillariga fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tarzda amaliy tavsiyalar berib o‘tildi.