Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

KARMANADA HUQUQIY XIZMAT UYMA-UY KO‘RSATILDI


Karmana tumanida  “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” loyihasi doirasida uyma-uy huquqiy maslahat berilib davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan nogironlikni belgilash, aliment undiruvi, mutaxassislik boyicha ishga joylashish, kadastr, soliq, bank-kredit, subsidiya olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
Savollarga mutaxassislar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda javob berilib, ayrim murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.
Uyma-uy huquqiy maslahatlar mobaynida fuqarolar dam olish maskanlariga navbatga qoyish, kommunal xizmatlarni amalga oshirish, manzil va tibbiy ma’lumotlar olish singari bir qator yo‘nalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanishdi.