Янгиликлар
11
TOMDILIKLAR BILAN HUQUQIY MULOQOT
“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan”shiori ostidagi huquqiy aksiya Tomdi tumanida ham davom etmoqda.Aksiya doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan uchrashuv, davra suhbatlari o‘tkazilayapti.
Targ‘ibotning navbatdagi manzili “Tomdibuloq” ovul fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchislari ishtirok etgan tadbirda.Fuqarolar murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy ko‘mak, subsidiya, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga imtiyoz, oliy ta’limga kirish masalalarida qonunchilikda belgilangan tartiblar aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng fuqarolarning savollariga javob berilib, murojaatlari tegishliligiga ko‘ra adliya ish yurituviga qabul qilindi.