Янгиликлар
10
HUQUQIY AKSIYA NAVOIY SHAHRIDA
Bugungi kunda Navoiy viloyat aholisi bir milliondan ortiq.Fuqarolarning qariyib 50 foizi Navoiy shahri hududida yashovchilarga to‘g‘ri keladi. “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan”shiori ostida har bir uyga huquqiy axborot kirib borishini ta’minlash maqsad qilingan.Aksiya doirasida shahar hududida mavjud 30 ta mahallada huquqiy targ‘ibotlar, sayyor qabullar tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.Ana shunday mahallalardan biri “Turon”.
Adliya boshqarmasi va shahar adliya bo‘limi mas’ullari va hamkor tashkilotlar “Turon” mahallasi hududida uyma-uy tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Sayyor muloqotlar davomida aholiga qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berish bilan bir qatorda,ularning murojaatlari qabul qilinib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Fuqarolar yakka suhbatlar chog‘ida subsidiya, ijtimoiy ta’minot, bandlik, nogironlikni belgilash masalalarida murojaatlar qabul qilindi.Shuningdek, dam olish muassasasiga va MTTga farzandini navbatga qo‘yish, electron imzo, tibbiy ma’lumotnoma olish singari yo‘nalishlarda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Uyma-uy yurish mahalla madaniy huquqiy aksiyaga ulanib ketdi . Tadbirda viloyat notarial palatasi, advokatlar, FHDY bo‘limlari,davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda intellektual mulk sohasida ham qonunchilikda belgilangan tartib taomillar fuqarolarga tushuntirilib,targ‘ibot materiallari tarqatildi.