Янгиликлар
11
QIZILTEPADA HUQUQIY AKSIYA DOIRASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Qiziltepa tumani adliya bo‘limi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat olishdi.
Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi. Gulnoza Egamberdiyeva ham ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli imtiyozli kredit olib tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog‘liq.Tegishli mutaxassislar ko‘magida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti,yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.
Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini mttga ro'yxatga qo'yish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 10dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.