Янгиликлар
14
HUQUQIY AKSI SAYYOR TARTIBDA TOMDILIK AYOLLAR O‘RTASIDA TASHKIL ETILDI.
Tomdi tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi, tuman xotin-qizlar bo'lim, tuman Ichki ishlar bo'limi hamkorligida tumandagi "Aqtov" OFYda ovuldagi "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostida sayyor qabul tashkil etildi. Muloqotda asosan "Ayollar daftariga" kiritilgan fuqarolari ishtiriok etishdi. Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchislari ishtirok etgan tadbirda fuqarolar murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy ko‘mak, subsidiya, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga imtiyoz, oliy ta’limga kirish masalalarida qonunchilikda belgilangan tartiblar aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng fuqarolarning savollariga javob berilib, murojaatlari tegishliligiga ko‘ra adliya ish yurituviga qabul qilindi.