Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Konstitutsiya targʼiboti


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan 11-son jazoni ijro etish muassasasida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ'ibot davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar, mamlakatimizda so‘nggi yillarda ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini insonparvarlik nuqtai nazaridan yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, fuqarolarning mulk huquqi,ta'lim olish,sog‘liqni saqlash, mehnat huquqi kafolatlari,ijtimoiy ta'minot ekologik sohadagi yangiliklar, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish maqsadidagi islohotlar to‘g‘risida ham ma'lumotlar berib o‘tildi. Tadbirda jazo muddatini oʻtayotganlar mahkumlar tomonidan berilgan barcha savollarga qonuniy va to‘liq javob berildi.