Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan


QIZILTEPALIK FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLNDI

 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostida aholiga uyma-uy huquqiy tushunchalar berildi.Inson har doim ham o‘qigan narsasini tushunmasligi, ko‘rganlarini to‘g‘ri talqin etmasligi mumkin.Ayniqsa bu qonun hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lsa.
 Bugun mamlakatimizdagi islohotlar shiddat bilan davom etayotgan bir paytda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar ko‘lami ham kengaygan.Mazkur jarayon har bir kishidan vaqelikni tushunish va to‘g‘ri talqin etish uchun bilm va salohiyat talab etadi.Ana shunday paytda adliya organlari xalqqa yaqin ko‘makdosh bo‘lmoqda.
 Soha vakillari xanadonma-xonadon qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va yangiliklarning mazmun-mohiyati, belgilangan tartib-taomillar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib borishmoqda.Shuningdek, muloqotlar mobaynida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan ham murojaatlar qabul qilinib, tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashilayapti.