Янгиликлар
18
Adliya: Xitoylik ishbilarmon Konimexda 20 daqiqada xorijiy korxonasiga asos soldi.
Ma’lumki, qaysi bir investor kelmasin, u albatta o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Demak, xorijlik ishbilarmonning birinchi galda kiradigan manzili bu Davlat xizmatlari markazidir. Konimex tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazidan xitoylik investorlar "Gsolar" MCHJ ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdilar. Bu hamkorlar quyosh panelli batareyalar ishlab chiqaradigan zavodni qurmoqdalar.
Markazda investorga "yashil yo‘lak" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatildi.