Янгиликлар
21
QIZILTEPADA XOTIN-QIZLAR FAOLI O‘QITILDI
Qiziltepa tumanida “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostida o‘tkazilayotgan huquqiy aksiya doirasida hududda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari uchun amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.
Muloqotda avvalo fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlil etilib, uning asosida qonunchilikda belgilangan tartiblar, mavjud imtiyoz va majburiyatlar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, aliment undiruvi, mutaxassislikka ko‘ra ishga tiklash, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli shartlarda kredit olish singari masalalar muhokama etilib, tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.Murojaatlar kelib tushganda, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul idoralar bilan qonuniy tartibda hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha ham amaliy tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, xotin-qizlar faollari taklifiga ko‘ra, adliya bo‘limi xodimlari ularga uslubiy ko‘maklashish maqsadida mahalla binolariga borib elektron hujjat almashinuvi va ularni qonun talablari asosida yuritilishi yuzasidan huquqiy maslahatlar berishdi