Янгиликлар
21
Adliya: Qorajonda neftni qayta ishlaydigan zavod ishga tushadi.
Navbahor tumanida Qozogiston Respublikasi biznes vakillari ishtirokida "Mega trading profucts" MCHJ shaklidagi xorijiy korxona davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Ma'lum bo'lishicha, bu korxona neftni qayta ishlash bilan shug'ullanadi. Mazkur zavod qurilishi Navbahor tumanining "Qorajon" mahallasi hududida qad rostlaydi.
Navbahor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari qozog'istonlik investorga 20 daqiqada xorijiy korxona guvohnomasini taqdim etdilar. Biznes vakillariga yashil yo'lak tamoyili asosida sifatli davlat xizmati ko'rsatildi.