Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sayyor qabul


Karmana tumanining “Do‘rman” mahallasida Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. 

Unda aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, fuqarolardagi mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabulda uy-joy ta’minoti, ta’lim sohasida talabalarning o‘qish joyini ko‘chirish, tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishlarida krediti olish, sog‘likni tiklash, sud-huquq masalalarida murojaatlar kelib tushdi. 40 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari  tinglandi, aksariyat murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda  10 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.