Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Navoiyda G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.


Navoiyda G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.

 Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi yangidan qad ko‘tarib, g‘ozg‘onliklar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi. Zamonaviy me’moriy yechimga ega binoda Davlat xizmatlari markazi, davlat notarial idorasi, FHDY bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi joylashgan. Bu esa g‘ozg‘onliklar uchun juda qulay imkoniyat. Adliya bo‘limida  G‘ozg‘on shahrining 7 000 dan ortiq aholisiga huquqiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Barcha xizmatlar elektron navbat orqali yo‘lga  qo‘yilgan. 5 ta xizmat ko‘rsatish oynasida fuqarolarga 300 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatiladi.

 Binoning tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Primov, G‘ozg‘on shahar hokimi A.Bazarov, sektor rahbarlari, adliya boshqarmasi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
 Ochilish tantanasida ilk xizmat - g‘ozg‘onlik yoshlarning nikohdan o‘tishi yodda qolarli bo‘ldi.