Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

NAVBAHORDA SAYYOR QABUL


Navoiy viloyati adliya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat harbiy prokuraturasi hamkorligida Navbahor tumanining olis manzillaridan biri bo‘lgan "Qiziltepa" mahallasida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.  Unda tizim rahbarlari  aholining mavjud dolzarb muammolarni aniqlash maqsadida fuqarolar murojaatlariga yakka tartibda yechim topdilar.

 Sayyor qabul jarayonida  uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, uy-ta’miri, ishga joylashish  kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 

 Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. 

  Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda FHDY va davlat xizmatlari ham koʼrsatildi. 

 Sayyor xizmat jarayonida oilaviy korxona, yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari davlat roʼyxatidan oʼtkazildi, fuqarolarning 7 turdagi murojaatiga davlat xizmati ko‘rsatildi.