Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

XATIRCHILIKLAR MUROJAATI TINGLANDI


Navoiyda hududlar bo‘ylab viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etib kelinmoqda.Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Xatirchi tumanining “Ikrom karvon" mahallasida bo‘lib o‘tdi.Mahalla bugungi kunda  "qizil toifa"ga kiritilgani bois, qabuldan avval hudda sodir etilgan jinoyat turi va soni, kelib chiqish sabablari tahlil etilib, qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi. Shundan so'ng, mahallada sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Unda “Uyshun”, “Uyrot”, “Xonqa” va “Yangi” mahallasi fuqarolari o‘z murojaatlari bilan mas’ullarga yuzlanishdi.
 Muloqot dastlab “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar hamda yoshlar muammolarini tinglashdan boshlandi. Ularning turmush sharoiti, salomatligi, oilaviy ahvoli, qo‘shimcha daromad topish uchun ko‘maklashish maqsadida mavjud imkoniyatlar huquqiy jihatdan o‘rganib chiqildi. 
  Xususan, kam ta’minlangan oila vakili J. Jo‘raboyevning singlisiga kontrakt to‘lovlari to‘lash, N. Salimboyevaning farzandiga nogironlikni belgilash bo‘yicha qilgan murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etish maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.
 Shuningdek, qabul davomida, dam olish maskaniga bepul yo‘llanma olish va farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish, kommunal xizmatlarga to‘lovni amalga oshirish, tibbiy va manzil ma’lumotlari olish masalalaridan 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi.
 Qabuldan so‘ng xonadonlarga uyma-uy tashrif buyurilib, murojaatlar alohida tartibda o‘rganib chiqildi.