Янгиликлар
11
Adliya: Sayyor xizmat-zo'r imkoniyat
Karmana tumani markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan "Pahlavon" MFYda sayyor xizmat o‘tkazildi. Unda Karmana tumani adliya bo‘limi DXM xodimlari aholining 30 ga yaqin murojaatiga davlat xizmati ko‘rsatdilar. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish , elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, manzil va arxiv ma’lumotlarini olish, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun arizalar qabul qilindi.