Янгиликлар
12
Qiziltepada sayyor qabul
Qiziltepa tumani adliya bo‘limi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” huquqiy aksiyasi doirasida hududning "Mustaqillik" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat olishdi. Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti,yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi. Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini mttga ro'yxatga qo'yish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 10dan ortiq davlat xizmati ham ko‘rsatildi.