Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Mahorat darslari


Navoiy shahridagi 78 ta korxona va tashkilotlarning direktorlari va kadrlar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etgan yig‘ilishni Navoiy shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari boshqardi. Mavzu Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgarishlar, korrupsiyaga qarshi kurash va xodimlar haq-huquqini ular uchun chiqarilgan buyruqlar, qo'llanilgan mehnat munosabatlarida buzmaslik. 

Shuni ta’kidlash kerakki, davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlash yuridik xizmatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bugun adliya tizimidagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni to‘laqonli amalga oshirmoqda. Aniqroq aytsak, korxona va tashkilotlar chiqarayotgan buyruqlar va  hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazmoqdalar. Xo‘sh, bu jarayonda ko‘zlangan maqsadga erishilayaptimi?  Afsuski, yo‘q.  Shu boisdan ham mutaxassislar joylarda tadbirlar o‘tkazmoqda.