
Prezidentning 10.09.2022 yil kungi PQ-373-son “Dehqon xo'jaliklari tashkil etishni qo'llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorga ko'ra, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g'alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan 2023 — 2025 yillarda 120 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish belgilangan.
Mazkur ekin maydonlari 30 yil muddatga:
suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda;
kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda ijaraga beriladi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo'jaligi uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyozlar bir yilga saqlab qolinadi.
Xatirchi tumani YXKM bosh yuriskonsulti Boboyorov Adizbek.