Янгиликлар
04
Adliya vaziri o‘ribosari Sh.Rabiyev Xatirchi tumani adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab, Xatirchi tumani davlat xizmatlari markazi faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Davlat xizmatlari markaziga kuniga 400-500 nafar fuqaro tashrif buyurgan holda xizmatlardan foydalanadi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish hamda xizmat foydalanuvchilarni ortiqcha vaqtlarini tejash maqsadida alohida yo‘laklar tashkil etilgani ayni muddao ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimi, yuridik xizmat va davlat xizmatlarining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, "Madad" huquqiy ko'mak byurosining aholi va fuqarolarga huquqiy yordami, murojaatchilarga to'g'ri huquqiy yo'nalish va tavsiyalar berishdagi faoliyatining ahamiyati xususida fikr bildirildi. Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xodimlarning fikr-mulohazalar tinglandi.