Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

ADLIYA VAZIRI O'RINBOSARI MAHALLA "BESHLIGI" BILAN UCHRASHDI.


Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Xatirchi tumanidagi xizmat safari davomida "Do'stlik" mahallasiga tashrif  buyurib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga etkazilishi holati, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar eshitildi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid online-mahalla.uz elektron platformani takomillashtirish bo'yicha fikr- mulohazalar almashildi.

Bundan tashqari hududda prezident hujjatlari ijrosi ta'minlanganlik holati o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yuzasidan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan alohida suhbatlar tashkil etildi.                                                                                                                                                      Advice.uz huquqiy axborot portali bugungi kunda huquqiy axborotni tarqatish,  huquqiy xizmatlar, davlat xizmatlari to‘g‘risida aniq va batafsil ma'lumotlarni yetkazib borish, fuqaro murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va savol-javoblar tashkil etib borayotgan eng yaxshi elektron manbalardan biri hisoblanadi. Muloqotlar davomida portal  imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha lex.uz hamda "huquqiy axborot" kanallariga ulanishi yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berib borildi.