Янгиликлар
04
Adliya faoliyatidan
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xatirchi tumanining "Mirdosh" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda mahalla faollari bo’lgan fuqarolar qatnashdilar.
Aytib o'tish kerak, bugungi kunda tumanda 70 ta MFY faoliyat yuritmoqda. Bu yerda aholining asosiy masalasi ichimlik suvi, bandlik, imtiyozli shartlarda kredit olish, uy-joy va mehnat munosabatlar bilan bog'liq.
Adliya qabuliga kelgan fuqarolarning aksariyati mazkur yo'nalishda mas'ullarga murojaat qilishdi.
Qabul mobaynida aholining 50 ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya ish yurituviga qabul qilindi.