Янгиликлар
06
Adliya xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ishtirokida Navoiy viloyat hokimligida ijro intizomini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi. Tadbirda 40 dan ortiq viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining 100 ga yaqin ijro intizomiga mas’ul rahbarlari hamda xodimlari qatnashishdi.
Tadbir davomida «Ijro.gov.uz» platformasi bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishi, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezidentning Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli taʼminlashning muhim ekanligi alohida ta’kidlandi hamda sohaga oid taklif va mulohazalar bildirildi.