Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya_xabar


 Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarinining qonun talablariga mosligi, tizimda yuridik kadrlarning o‘rni va salohiyati va sud organlari tomonidan mazkur yo‘nalishda da’vo arizalari ko‘rib chiqilish holati yuzasida joriy yilning 6 oktyabr kuni viloyat adliya boshqarmasida amaliy seminar tashkil etildi.Tadbirda davlat organlari, tashkilotlari va xoʼjalik birlashmalarining rahbarlari va “e-qaror” elektron tizim bilan ishlovchi mas’ullar, mahalliy hokimlik vakillari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlaridan 100 dan ortiq rahbar va ijrochilar qatnashdi.
 Muloqot davomida viloyatda joriy yilning shu davriga qadar mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar, ularning mazmun-mohiyati, qonunchilik talablariga javob berishi,tizimda yuzaga kelayotgan kamchiliklar va mazkur yo‘nalishda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan da’vo arizalari va  amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
 Shuningdek, tadbirda fikr va takliflar eshitilib, masʼul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish choralari ko‘rildi