Янгиликлар
09
Huquqiy nazariya va amaliyot uyg'unligi
Navoiy viloyati yuridik texnikumida TDYU "Mehnat huquqi" kafedrasi katta o'qituvchisi M.Karimjonov hamda YMOM ning kafedra mudiri dotsenti S.Maripova ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda mutaxassislar tomonidan ish beruvchi va xodim o'rtasidagi munosabatlar keskinlashuvida mediatorlik institutining o'rni hamda O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan yangi "Mehnat kodeksi"da xodimlarga berilgan imtiyozlar, vakolatlar to'g'risida ma'ruza qilindi.
Savol-javoblarga boy bo'lgan mazkur seminar huquqiy "Master klass" ko'rinishda o'tkazilib, texnikum yoshlariga yangi bilim va taassurotlar ulashdi.