Янгиликлар
09
KARMANADA SAYYOR QABUL
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining navbatdagi sayyor qabuli Karmana tumanining “Navro‘z” mahallasida tashkil etildi.
“Navro‘z” MFY da ayni paytda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Shundan 892 nafarini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.120 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Bu yerda muammolarning aksariyati bandlik, yo‘l, tibbiy xizmat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq.
Qabulga kelgan fuqarolar ana shu kabi masalalar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi. MUloqot davomida fuqarolar salomatligini tiklash, uy-joy olish, bandlik, bank-kredit, mehnat va oilaviy munosabatlarda huquqlarini tiklash bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilishdi.
Fuqarolarning masalalari o‘z joyida mas’ullar ishirokida ko‘rib chiqilmoqda
Bundan tashqari qabulga kelganlar,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, mobil ID tizimiga identifikatsiya qilish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha ham bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.