Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“ADLIYA AYOLI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING NAVOIY VILOYAT BOSQICHI


Navoiy viloyatida “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bunda har bir tuman(shahar) adliya bo‘limlari, FHDY,yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, DXM va yuridik texnikumda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan 10 nafar ishtirokchi o‘zaro kuch sinashdi.

Aytib o‘tish kerak, “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovi tizimda an’anaga aylanib borayotgan tadbirlardan biri. Sohada faoliyat yuritayotgan bilmli, tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirishda ko‘rik-tanlovning alohida o‘rni bor. Bellashuvning Navoiy viloyat bosqichida ham ana shu maqsadda tizim ayollari bir davraga jamlandi.

Tadbir avvalida xotin-qizlar o‘zlarini interaktiv tarzda tanishtirdilar.Shundan so‘ng, huquqiy test savollariga javob topilib, qizlarning qonunchilikka oid tashabbuslari, bilm va ko‘nikmalari qonunchilikka taklif shartida sinovdan o‘tkazildi.

Qizlar o‘zlarining jismoniy jihatdan tayyorgarligini sport musobaqasida namoyon etishdi.