Янгиликлар
10
Navoiy. "Adliya ayoli" tanlovi tafsilotlari.
“Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovi tizimda an’anaga aylanib borayotgan tadbirlardan biri. Sohada faoliyat yuritayotgan bilmli, tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirishda ko‘rik-tanlovning alohida o‘rni bor. Bellashuvning Navoiy viloyat bosqichida ham ana shu maqsadda tizim ayollari bir davraga jamlandi. Unda har bir tuman (shahar) adliya bo‘limlari, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, DXM va yuridik texnikumda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘zaro kuch sinashdi.
Tadbir avvalida xotin-qizlar o‘zlarini interaktiv tarzda tanishtirdilar. Ikkinchi shartda huquqiy test savollariga javob topilib, qizlarning qonunchilikka oid tashabbuslari, bilm va ko‘nikmalari qonunchilikka taklif shartida sinovdan o‘tkazildi. Qizlar o‘zlarining jismoniy jihatdan tayyorgarligini sport musobaqasida namoyon etishdi.