Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Soʻragan edingiz


 Menga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga tibbiyot muassasasi tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berildi. Bu tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma kuchiga egami?

 Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-iyundan boshlab tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilandi. Ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma bilan bir xil kuchga ega.

 Fuqarolarga tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma ularning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi