Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI MAZMUN-MOHIYATI — TALABALAR NIGOHIDA


“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI MAZMUN-MOHIYATI — TALABALAR NIGOHIDA 

Strategiya mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida  “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — korrupsiyadan holi hudud” mavzusida viloyat Adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida huquqiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

100 maqsaddan iborat mazkur Strategiyaning 89-maqsadi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish sanaladi.
 
Boshqarma vakili Dildora Kattayeva, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ahmadjon Safarovlar bu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tishdi hamda mavzu yuzasidan talabalarning  fikr-mulohazalari ham tinglandi.