Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

YOSHLAR BILAN MULOQOT


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xatirchi tumandagi alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan, xususan, kam ta’minlangan oila farzandlari, profilaktik nazoratda turgan va nogironligi bor yoshlar bilan "Uyma-uy" yurgan holda muloqot tashkil etildi.
  Aytish kerakki, adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari bu yerdagi mazkur toifaga kiritilgan yoshlar bilan individual ishlab, ularning muammolariga amaliy yechim topishda yaqin ko‘maklashib kelmoqda.Bu galgi suhbat ham yoshlar uchun samarali kechdi.
 Muloqot davomida yoshlar  oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan nizolar, xususan, mol-mulkni bo'lish maqsadida sudga da'vo arizasi kiritish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, qo'shimcha daromad topish uchun imtiyozli shartlarda tikuv mashinasiga ega bo'lish hamda bank krediti olish singari masalalarda murojaat qilishdi.

Suhbat mobaynida ularning murojaatlari yuzadidan huquqiy tushuntirish berilib, tegishlilari adliya ish yurituviga qabul qilindi.