Янгиликлар
18
O‘zbek tilida so‘zlashgan investor.
Ma’lumki, yurtimizga kelgan ishbilarmon avval Davlat xizmatlari markazlaridan o‘z bizneslarini rasmiylashtiradilar. Kuzatganimiz, xorijlik investorlar tashrifi chog‘ida o‘zbek tilida salomlashib, sog‘lik salomatlik tilashini o‘zbek tilida aytishga harakat qilishadi.
Nega? Chunki, bu millatimizga bo‘lgan hurmat. Tijoratga yo‘l topish. Neki bo‘lmasin, til orqali ko‘ngil olish. Tujjorlar tilida, "...men sizni hamkoringizman..." deyishning eng qulay usuli. Demak, o‘zbek tilining mavqeini va uning obro‘yini anglash uchun birgina o‘zga tilda so‘zlashuvchilarning harakatini kuzatish joiz. O‘zbek tilimiz bu bizning borligimiz.