Янгиликлар
20
O‘ZBEK TILI BAYRAMI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.
Ana shunday tabbirlardan biri adliya boshqarmasi O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlar birlashmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida oliy ta’lim muassasasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda o‘zbek tilinining o‘rni va ahamiyati, uning taraqqiyot bosqichlari, imlo qoidalari, reklama qonunchiligi va mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuridik atamalar elektron lug‘ati (tezaurusi) va O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati platformalari yaratilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Xususan, bugungi kunda jami 3236 ta yuridik termin va tushunchaning tezaurus lug‘at maqolasi tayyorlangan, ulardan 2116 tasi thesaurus.tsul.uz platformasiga joylashtirilgan, 1126 ta termin ekspertiza bosqichida. Ekspertizadan o‘tgandan keyin ular ham platformaga joylashtiriladi. O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati portalida 10 ming atrofida ismlar mavjud. Xususan, arabcha, o‘zbekcha, turkcha, tatarcha, mo‘g‘ulcha, yunoncha, suryoniycha, pahlaviycha, yahudiycha, so‘g‘dcha, o‘zbekcha-qadimiy turkcha ismlar keltirilgan.