Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI: 9 OY YAKUNLARI


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 9 oy yakunlari bo'yicha hay'at majlisi bo'lib o'tdi.
Muloqot davomida qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o'tkazish, "e-qaror" tizimi orqali aniqlanayotgan kamchiliklar va uni bartaraf etish choralari, davlat organlari va tashkilotlarida yagona huquqni qo'llash amaliyoti holati bo'yicha tahliliy ma'lumotlar keltirib o'tildi.
Shuningdek, yuridik xizmat ko'rsatish sohasi, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati tanqidiy ko'rib chiqildi.
Shundan so'ng, hay'at majlisida ko'rib chiqilgan masalalar yuzadidan Navoiy viloyat adliya boshqarmasida 9 oylik faoliyat yuzadidan muhokama o'tkazildi.
Xususan, viloyatda adliya organlari tomonidan fuqaro murojaatlari bilan ishlash, aholiga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati,  yuridik xizmat, davlat xizmatlaridan foydalanish, nikoh, ajrim,tug'ilish va o'limni qayd etish, dalolatnoma yozuvlariga o'zgartirish kiritish borasida qonunchilik talablariga amal qilinayotganligi hamda huquqiy targ'ibot masalalari e'tibor markazida bo'ldi.
Aytib o'tish kerak, adliya organlari mamlakatimizda gendr tenglik yo'nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlab kelayotgan tizimlardan biri hisoblanadi.Sohada an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Adliya ayoli ko'rik-tanlovi bu boradagi ishlarning amaliy ifodasidir.
Boshqarmada tashkil etilgan muloqot davomida mazkur bellashuvning respublika bosqichida faxrli 3-o'rinni egallagan Navoiy viloyati ishtirokchisi faoliyati  e'tirof etilib, diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.