Янгиликлар
23
NAVOIY VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASIGA BIRINCHI O‘RINBOSAR TAYINLANDI
Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zafar Nizomovich Farmonov tayinlandi.
Zafar Farmonov 1984-yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008- yilda Samarqand davlat universiteti, 2011- yildaToshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan, III darajali adliya maslahatchisi. Tizimda 13 yillik ish tajribasiga ega.
Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashkiliy nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi hamda Ijro nazorat va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlab kelgan.