Янгиликлар
23
NAVOIY VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASIDA TANISHTIRUV TADBIRI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zafar Nizomovich Farmonov birinchi o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi..
Shu monosabat bilan, boshqarmada tanishtiruv tadbiri tashkil etildi. Muloqot avvalida, lavozimga yangi tayinlangan mas’ul shaxs haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilib, tizimdagi 13 yillik faoliyati va amalga oshirgan ishlari alohida e’tirof etildi.
Shundan so‘ng, adliya boshqarmasi faoliyati, sho‘balar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar,sohada yuzaga kelayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda ZOOM dasturi orqali ishtirok etayotgan tuman (shahar)adliya bo‘limlari, muassasalar va ularning faoliyati bilan ham tanishtirib o‘tildi