Янгиликлар
25
Taraqqiyot strategiyasi
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasining Taraqqiyot strategiyasi-2030” bo‘yicha amaliy o‘quv tashkil etildi.
Tadbirda Taraqqiyot strategiyasining yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berilib, mazkur hujjat “Harakatlar strategiyasi”ning mantiqiy davomi ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.
Bunda asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingani ta’kidlandi.
Aytib oְtish kerakki,Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi kunga qadar 26 ta konsepsiya va bir qator dasturlar qabul qilingan bo‘lsa, kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Muloqot mobaynida shu haqda so‘z yuritilib, mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarildi.