Янгиликлар
25
O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish taklif etilmoqda. Bu nima degani o‘zi?
Oldin biz nomzodlarning o‘ziga ovoz berardik. Endi proporsional saylov turi ham amaliyotga kiritilmoqchi. Bunda partiyalarning o‘ziga ovoz beriladi. Masalan, deylik Navoiy saylov okrugida “O’zLidep” partiyasi ko‘p ovoz olsa, u o‘zining ro‘yxatidagi nomzodlardan birini bu o‘ringa qo‘yadi.
Aralash saylov tizimi taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, 75 nafar deputatga avvalgiday, yana 75 nafar nomzod esa proporsional tarzda saylanadigan bo‘lyapti. Oldin parlamentga saylanadigan ayol nomzodlarga 30 foizlik kvota berilardi. Endi bu gibrid saylov tizimida nima bo‘ladi?
Xuddi shu savollarga javob tariqasida Konimex tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko'rsatish hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlari "Agrobank" ning Konimex tumani filialida saylovlarga kiritilayotgan o'zgarishlar xususida targ'ibot o'tkazdi.