Янгиликлар
25
Saylov kodeksiga majoritar, proporsional saylov tizimini kiritish taklif etilmoqda.
Qiziltepa tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko'rsatish hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlari hududdagi 16-son oilaviy poliklinikada saylov qonunchiligiga kiritilayotgan o'zgarishlar xususida targ'ibot tadbiri o'tkazdi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Saylov kodeksi hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.