Янгиликлар
26
NAVOIYDA “O‘ZIMIZ KELDIK” AKSIYASI DAVOM ETMOQDA
Navoiyda Intellektual mulk huquqi yo‘nalishida “O‘zimiz keldik” aksiyasi davom etmoqda.Adliya organlari va muassasalari tomonidan aksiya doirasida shu kunga qadar 30 ga yaqin targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlarning ta’lim muassasalarida o‘tkazilgani ahamiyatlidir.Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyat yuridik texnikumida o‘tkazildi.
Aytib o‘tish kerak,intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi. Baʼzi obyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Yoshlar bilan muloqotlar davomida shu kabi ma’lumotlar ularga qiziqarli va soda tilda yetkazilib, jahon amaliyoti namunalariga urg‘u berildi.
Bundan tashqari Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan qanday xususiyatlari boʻyicha farqlanishiga ham alohida urg‘u berildi. Koʻp hollarda ular moddiy koʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas,shaxslar bunday obyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda intellektual mulk huquqining amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Yoshlar aksiya doirasida shu va boshqa turdagi yangiliklar bilan tanishib,o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javob oldilar.