Янгиликлар
27
MAHALLALARDA ONLAYN O‘QUV
Navoiy viloyat adliya organlari tomonidan haftaning har juma kuni viloyat hududidagi 330 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida mas’ullari uchun huquqiy o‘quvlar tashkil etib borilmoqda.
Tuman, shahar adliya bo‘limlari o‘quvlar davomida o‘z hududlarida fuqarolar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollar va murojaatlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan ma’lumotlar berib borishmoqda.
Navbatdagi onlayn seminarlarda fuqaro murojaatlari bilan bir qatorda O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda saylov qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.