Янгиликлар
27
Yoshlar bilan muloqot
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xatirchi tumandagi alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan, xususan, kam ta’minlangan oila farzandlari, profilaktik nazoratda turgan va nogironligi bor yoshlar bilan uyma-uy yurgan holda muloqot tashkil etildi.
Aytish kerakki, adliya boshqarmasi bu yerdagi yoshlar bilan individual ravishda ishlab, ularning muammolariga amaliy yechim topishda yaqindan ko‘maklashib kelmoqda. Bu galgi suhbat ham yoshlar uchun samarali kechdi.
Muloqot davomida yoshlar bandlik, oilaviy munosabatlar,oliy ta'limga o'qishga kirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli shartlarda kredit olish singari masalalarda murojaat qilishdi.
Suhbat mobaynida ularning murojaatlari yuzadidan huquqiy tushuntirish berilib, tegishlilari ish yurituviga qabul qilindi.