Янгиликлар
02
NAVOIY ADLIYA: “SMART OFIS” TIZIMI AMALDA
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi ijro intizomini ta’minlashda “SMART OFIS” tizimiga o‘tdi.
Qayerdaki tartib bo‘lsa, o‘sha yerda mehnat unumdorligi bor. Shu bois, davlat tashkilotlarida ijro intizomi masalasiga alohida e’tibor beriladi.Adliya organlari mazkur yo‘nalishda ham zamon bilan hamnafas.Endilikda Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ijro intizomi nazorati “Smart ofis” dasturi orqali amalga oshiriladi.
Boshqarmada mazkur yo‘nalishda soha vakillari uchun amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.Bunda tuman, shahar adliya bo‘limlari va muassasalar onlayn shaklda ishtirok etishdi. Aytib o‘tish kerak, “Smart ofis” dasturi hujjatlar almashinuvi, topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan harakatlarning barcha bosqichlari yagona sahifa orqali boshqarib borilishi va jarayonni mazkur sahifaning o‘zida kuzatib borish imkoniyati mavjudligi bilan qulay.Muloqotda shu haqda so‘z yuritilib, dasturda ishlash tartibi texnoligik jihatdan tushuntirib berildi.