Янгиликлар
02
SAYLOV QONUNCHILIGI TARG‘IBOTI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda saylov qonunchiligi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Karmana tumani adliya bo'limi YXKM tomonidan Navoiy shahridagi harbiy qismda tashkil etildi.
Aytib o‘tish kerak, joriy yilda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasida saylov tizimini takomillashtirishga oid bir qancha yangiliklar bor. Xususan, Saylov kodeksiga hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Bugungi kunda amalda bo‘lgan saylov qonunchiligimizga ko‘ra, siyosiy partiyalar har bir saylov okrugi bo‘yicha aniq nomzodni ilgari surishi hamda ularga okrugdagi saylovchilarning mutlaq ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirdagina deputat etib saylanishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okruglari tuzilib, ularning har biridan bittadan deputat saylanadi