Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“TARG‘IBOT POYEZDI” - “MAFTUNKOR RANGLAR JILOSI”DA!


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan adliya organlari tizimida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. TDYU talabalari jamoasidan iborat “Targ‘ibot poyezdi”ning viloyatlarga tashrifi mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni yangi bosqichga ko‘tardi desak mubolag‘a emas.
Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan “Targ‘ibot poyezdi” yoshlari hududda o‘tkazilgan “Maftunkor ranglar” jilosi ko‘rik-tanlovi ishtirokchilarining konstitutsiyaga oid bilmlarini yanada oshirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
Bellashuv nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tashkil etildi.Ko‘ngli kemtik inson kelajakka qat’iy ishonch bilan qadam tashlashi uchun avvalo, bugungi kuniga ishonishi, o‘zi yashab turgan yurtning g‘amxo‘rligini his etishi kerak. Bu esa qonunchilikda shu toifadagi shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar, ularning iqtidorlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan tartib-taomillar orqali aks etadi.
“Targ‘ibot poyezdi” yoshlari muloqot davomida bu borada yangilangan konstitutsiya va qonunosti hujjatlarida belgilangan normalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.Shundan so‘ng, ishtirokchilar “Konstitutsiyada mening huquqlarim” mavzusida rasmlar chizishdi.Bu jarayonda ham TDYU talabalari bolalarga yaqindan ko‘maklashib, ijod namunalari hakamlar hay’ati tomonidan baholangunga qadar “Huquqiy viktorina” tashkil etdilar, faollar yoshlar jamoasi tomonidan rag‘batlantirildi.Bellashuv yakunida esa g‘oliblarga va barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.