Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya targ‘ibot. 


Uchquduq tuman Adliya boʻlimi, tuman IIB xodimlari hamda tuman xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlikda tuman Tibbiyot birlashmasida  "Xotin-qizlarni  tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonuni  va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, hamda korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi mavzusida  targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. 
 Tadbir davomida Konstitutsiyamizning mazmun mohiyati, ayollar haq-huquqlari ularning jamiyatda va oilada tutgan oʻrni, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalar masalalari, oiladagi zoʻravonliklarga barham berish,  toʻgʻrisida hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda hamjihatlik zarur ekanligini shuningdek bu borada aholining huquqiy savodxonlik darajasini oshirib borish va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. 
Tadbir soʻngida qatnashchilarga flayr va bukletlar tarqatildi.