Янгиликлар
02
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida davra suhbati tashkil etildi
Korrupsiya ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan jinoyat hisoblanadi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi.
Xabaringiz bor joriy yilning 9-noyabrdan 9-dekabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" deb e’lon qilingan.
Xususan bugun,Tomdi tumani hokimligida tuman hokimi Q.Aldabergenov rahbarligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Yig‘ilishda tuman xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, tuman IIB boshlig‘i A.Ikromov, tuman deputatlari va korxona tashkilot rahbarlari ishtirok etishdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati a’zosi senator Z.Tulekova,Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi L.Bayanasov, Tomdi tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i I.Abdullayev va Korrupyiyaga qarshi kurashish ichki nazorat ma’sul xodimi M.Jusipbekovlar tomonidan tizimda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mansab vakollatlarini suiste’mol qilmaslik, fuqarolarning murojaatlari va ularni ijobiy hal etilishida ta’magirlik holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lishlari yana bir bor tushuntirildi.