Янгиликлар
04
Adliya targʻibot
Navoiy shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Abdukarimova viloyat ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi "O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi F-72-son farmoyishi ijrosi bo'yicha “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori asosida o'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi bo'yicha o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga Konstitutsiydagi yangiliklar va o'zgarishlar bo'yicha ma'lumot berdi. Shuningdek, tadbirda “Oʼzbekiston-2030” strategiyasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga ham to'xtalib o'tildi. Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish borasidagi muhim vazifalar haqida ma’lumot berdi.Soha xodimlari huquqiy islohatlar bo'yicha yangiliklarni qiziqish bilan tingladilar va o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.