Янгиликлар
07
Konstitutsiya kuni
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida ishchi-xodimlarning huquqiy ongi, madaniyatini yuksaltirish, bilimlarini yanada boyitish maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, bugun 3-gidrometallurgiya zavodida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Uchquduq tumani adliya va ichki ishlar bo‘limlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.