Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya targʻibot


Navoiy shahar Adliya boʻlimi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsultlari: Abdukarimova Maftuna hamda O'roqov Po'lat tomonidan shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 22-sonli umumta'lim maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi "O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi F-72-son farmoyishi ijrosi bo'yicha “Konstitutsiya  xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori asosida musobaqa tarzida sovrinli o'quv tadbiri boʻlib oʻtdi. 
 Ikki bosqichda tashkil etilgan tadbir davomida:  
 Ishtirokchi yoshlar tomonidan tayyorlangan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori asosidagi sahna ko'rinishlari baholandi.  
 Bundan tashqari tadbirning muhim tarkibiy qismi sifatida Navoiy shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi yuristkonsultlari tomonidan oldindan tayyorlab kelingan maxsus savollar yordamida o'quvchi yoshlarning soha doirasida bilim va malakalari baxolandi.
 Tadbir soʻngida qatnashchilarga diplom, huquqiy va badiiy adabiyotlar majmui hamda estalik sovg'alar tarqatildi.